Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barkamol yoshlar – ertamiz egalari

Barkamol yoshlar – ertamiz egalari

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 26-umumta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida «Ma’naviy barkamol yoshlar kelajagimiz poydevori, ertangi kunimiz egalari» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli ijodkorlar, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mahalla faollari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

So‘z olganlar o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama barkamol, komil insonlar bo‘lib ulg‘ayishlarida mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar olib borlayotganligi ta’kidlandi. Bundan ruhlangan yoshlar turli fan va sport musobaqalarida faol ishtirok etib yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur maktabda ham o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish maqsadida «Kitobxonlik», «O‘ymakorlik», «Bichish-tikish», «To‘qishni o‘rganamiz», «Yosh ixtirochilar», «Chet tilini o‘rganamiz», «Raqs va sozandalik» hamda turli fan va sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tadbirda o‘quvchilar 5 ta muhim tashabbus doirasida qo‘shiq, musiqa va raqslari, sport chiqishlari, rassomchilik va hunarmandchilik to‘garagi ishtirokchilari o‘zlari yasagan buyumlar ko‘rgazmasi bilan faol ishtirok etishdi.

– 2020-2021 o‘quv yili mobaynida ta’lim muassasamizda 757 o‘quvchi tahsil oldi, – deydi maktab direktori Dona Saydazimova. – Ularning 640 nafari fan, 282 nafari esa sport to‘garaklariga jalb qilingan bo‘lib, muntazam o‘quv va sport mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Mazkur fan va sport to‘garaklari ishtirokchilari ko‘plab faxrli yutuqlarni qo‘lga kirib kelayotganligi bizlarni yanada faol ishlashga undaydi. Pedogogik jamoamiz bilan ko‘plab iqtidor egalariga ta’lim tarbiya berib kelmoqdamiz. 

Tadbir doirasida tuman hokimligi tomonidan maktabga bir necha turdagi sport anjomlari sovg‘a qilindi.

Xayrulla Xolto‘rayev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring