«Barkamol avlod» tizimida bolalar maktablari va «bolalar sayyohlik bazalari» tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha «Barkamol avlod» respublika bolalar markazlari negizida Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi ish boshlaydi.
Shuningdek, 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli «Bolalar sayyohlik bazalari»ni tashkil etish takliflari ma’qullangan.
Qaror bilan batafsil «O‘zA»da tanishib olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter