Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barchasi nazorat ostida: Artel gaz plitalarining o‘ziga xos 6 jihati

Barchasi nazorat ostida: Artel gaz plitalarining o‘ziga xos 6 jihati

Artel kompaniyasi vakillari tozalanishi oson, gazning o‘chirilishini boshqaradigan va grilda pishiriladigan tovuqni mustaqil ravishda qovura oladigan gaz plitalari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekistonliklar o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur: uyga kirishingiz bilanoq dasturxonga taklif qilinasiz. Bu yerda gaz plitasi tom ma’noda oshxonaning malikasi ekani hech ajablanarli emas. Tez va tejamkorlik bilan tushlik tayyorlash, oila a’zolaringiz va mehmonlarni mazali taomlar bilan siylashda Artel brendining gaz plitalari qo‘l keladi.

Kompaniya vakillari Artel Apetito 02-G modeli misolida hozirgi kunda bir qancha funksiyalarsiz taom tayyorlash jarayonini tasavvur qilib bo‘lmasligini, oshxonangizni qanday qilib zamonaviyroq va qulayroq qilish haqida so‘zlab berishdi.

O‘rnatiladigan gazni boshqarish tizimi

Gaz sizib chiqishi xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun Artel iste’molchilar xavfsizligi haqida qayg‘uradi. Barcha plitalarda o‘rnatiladigan gazni boshqarish funksiyasi mavjud bo‘lib, u baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Gazni boshqarish tizimi duxovkaga, shuningdek, har bir konforkaga alohida o‘rnatilgan bo‘lib, u Artel gaz plitalarini boshqa ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan ajratib turadi. Agar olov to‘satdan o‘chib qolsa — masalan, shamol ta’sir ko‘rsatsa yoki sut toshib ketgan bo‘lsa — datchik xabar beradi va tizim avtomatik ravishda gaz ta’minotini o‘chiradi. Artel gaz plitalarida o‘rnatilgan Ispaniyaning Orlki brendiga tegishli datchiklar juda sezgir bo‘lib, ular gazni bir necha soniyalar ichida o‘chiradi.

Gazni boshqarish tizimiga ega bo‘lgan plitalar eng xavfsiz hisoblanadi, ayniqsa, oilada kichik bolalar yoki qariyalar bo‘lsa. Tizim gaz sizib chiqishi oqibatlaridan — zaharlanishdan tortib, uyning yonishi va portlashigacha bo‘lgan barcha turdagi xatarlardan ishonchli himoya qiladi.

Optimal duxovka hajmi

Duxovka hajmini har bir uy bekasi oshxonadagi bo‘sh joyga, oila a’zolarining soniga va qanchalik tez-tez ovqat pishirishiga qarab tanlaydi. Artel plitalari uchun 65 litrga teng hajm tanlangan va aynan bu raqamning belgilangani bejiz emas. Ushbu hajm bilan pishirish varag‘ida yoki duxovka panjarasida tayyorlanadigan taomlar soni boshqa shunga o‘xshash plitalarning duxovka sig‘imiga nisbatan taxminan 15% ga oshadi.

65 litrli hajmga ega duxovka bir vaqtning o‘zida bir nechta taomlarni tayyorlash imkonini beradi, bu nafaqat uy bekasining vaqtini, balki gazni oqilona sarflash hisobiga oila budjetini ham tejaydi. Bunday duxovkalar universal bo‘lib, ular juda katta joy egallamaydi va standart oshxona majmuasiga osongina o‘rnatiladi. Shuningdek, duxovkadan foydalanish juda qulay, bu esa oshpazlikda yangi yutuqlarga erishish imkonini beradi, masalan, katta bo‘lakli go‘sht yoki kurkani pishirib, oila a’zolaringizni dasturxon atrofida xursand qilish hech gap emas.

Biokeramik qoplama

Ko‘pchilik mazali taomlarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi, lekin duxovkani tozalash kamdan-kam hollarda kishiga yoqadi. Biokeramik emal sizni bunday zerikarli, ammo majburiy sanalgan ishdan qutqaradi. Ushbu zamonaviy innovatsion qoplama Artel gaz plitalarining barcha modellarida o‘rnatilgan bo‘lib, bu kompaniyaning yana bir yutug‘idir. Biokeramika ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, bu esa uni maishiy texnikaning ajralmas qismiga aylantiradi.

Biokeramika — bu yopishmaydigan effektga ega mukammal silliq qoplama. Uni yog‘ va boshqa dog‘lardan tozalash oson, u vaqt o‘tishi bilan asl rangini yo‘qotmaydi va antibakterial xususiyatga ega. Biokeramik emalning yana bir foydali jihati — bu uning yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligidir. Oddiy qilib aytganda, u issiqlikni yaxshi saqlab turadi, buning hisobiga gaz tejalib, ovqat pishirish vaqti qisqaradi.

Taomlarning tayyor bo‘lgani haqida ovozli xabar

Bu Artel Apetito 02-G modelining eng foydali xususiyatlaridan biri. Ovqat pishirish chog‘ida bir necha daqiqaga chalg‘ib, eshik ortidan kuygan hid kelganida duxovkadagi taom esga tushgan holatlar ko‘pchilikda uchragan. Taymer bilan bunday vaziyatlar yuzaga kelmaydi.

Taymerni 90 daqiqagacha bo‘lgan istalgan vaqtga sozlash mumkin, u uyda elektr o‘chib qolgan bo‘lsa ham ishlayveradi. Taymer tomonidan belgilangan vaqt tugashi bilanoq, taomning tayyorligini tekshirish vaqti kelganligini eslatuvchi ovozli signal eshitiladi. Aqlli texnika bilan doimo gaz plitasi atrofida bo‘lish va jarayonni nazorat qilish zarurati qolmaydi. Taymer bilan taomning haddan tashqari pishib ketishi yoki kuyib qolishidan qo‘rqmasdan o‘z yumushlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

Idishlarni saqlash javoni

Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar gaz plitasi o‘lchamlarini kichraytirish maqsadida pechning pastki qismidagi idish saqlash javonlaridan voz kechmoqda. Lekin bunday javonlar qo‘shimcha santimetrlar emas, balki uy bekasining birinchi va muhim yordamchilaridan sanaladi.

Masalan, Artel Apetito 02-G modelida mavjud bu javonga plita ishlayotganida uzoq vaqt yuqori haroratga chidamli bo‘lgan idishlarni qo‘yishingiz mumkin. U juda keng bo‘lib, 10 kg gacha yukka bardosh beradi va oshxonadagi joyni tejashga yordam beradi: u yerda siz skovorodka, pishirish varaqlari, duxovka panjarasi, pishiriqlar uchun mo‘ljallangan shakllarni saranjom tarzda saqlashingiz mumkin. Bu oshxonada qo‘shimcha bo‘sh joy bo‘lishini va kerakli idishlar doimo sizga qulay tarzda saqlanishini ta’minlaydi.

O‘sha mashhur tovuq-gril

Oshxona plitalarining ko‘plab modellari “Gril” funksiyasi bilan jihozlangan. U alohida maishiy texnika o‘rnini mukammal tarzda bosa oladi va panjara ustida tovuq yoki sabzavotlarni qizartirib pishirish imkonini beradi.

Ishonchli maishiy texnika zamonaviy oshxonaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ayniqsa, bu texnika innovatsion, qulay, har qanday intererga mos keladigan Artel brendi bo‘lsa.

Oshxona plitalarining yangi modellari haqida batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning shourumlarida yoki quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 78−148−88−88.
Sayt: https://www.artelgroup.orgartelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring