Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha holatlar Toshkent shahri va viloyatida qayd etildi

Barcha holatlar Toshkent shahri va viloyatida qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 2-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 370 (+134) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak) hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 39 664 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 380 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring