Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barcyelona» futbolchisi 26 marta koronavirusga tahlil topshirdi, lekin...

«Barcyelona» futbolchisi 26 marta koronavirusga tahlil topshirdi, lekin...

Foto: chelseanews.ru

Futbolchi Serxi Roberto ikki oy davomida avval jarohati, so‘ng koronavirus tufayli maydonga qaytolmadi, deb xabar bermoqda «Chempionat».

«Football-Espana» manbasining ma’lum qilishicha, futbolchi noyabr oyida o‘ng oyoq mushagi jarohatlanganda koronavirusga chalingandi. Shundan so‘ng 26 marta topshirgan testi musbat, faqatgina 27-chisi manfiy chiqdi.

Serxi Roberto o‘tgan yilning noyabridan joriy yil yanvar oyining oxirigacha maydonga tushmadi. 31- yanvar kuni esa Ispaniya chempionatining 21-tur uchrashuvida «Atletik»ga qarshi o‘yinning (2:1) ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushdi.

Aytgancha, futbolchining amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi. «Transfermarkt» internet-portali Robertoning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring