Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Banklar bergan kredit ta’tili avtokreditlarga ham tegishlimi? Muhim savol-javoblar

Banklar bergan kredit ta’tili avtokreditlarga ham tegishlimi? Muhim savol-javoblar

Foto:«Google.com»

Bugun AOKA shtabida Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot rasmiy kanalida xabar berildi. 

Brifingda bir qancha qiziqarli savollarga javob berildi. 

Savol: - Bankdan avtokredit olganman. Banklar kredit ta’tili berishi to‘g‘risida e’lonlar chiqmoqda. Ushbu ta’til menga ham tegishlimi? Foizlar to‘lovlari ham kechiktiriladimi? Agar kechiktirilsa, ularni keyin yig‘ilgan foizlar bilan qaytarishim kerak bo‘ladimi?

Javob: Kredit to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar koronavirus pandemiyasi natijasida moliyaviy qiyinchilikka uchragan ham jismoniy shaxslar, ham tadbirkorlik sub’yektlari uchun ko‘zlangan.

Bir masalaga oydinlik kiritmoqchiman, tijorat banklari tomonidan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish ikki formatda amalga oshirilmoqda.

Birinchisi: Prezidentimizning joriy yil 3 apreldagi farmoni asosida, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarga 2020-yil 1-oktyabrga qadar kechiktirilishi hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirilishi belgilangan.

Ushbu farmon bilan berilgan imtiyozlar aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining qarz yukini keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka va natijada ularning kredit yukini kamaytirishga imkon yaratdi.

Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari pul oqimlari foiz to‘lovlarini qoplash uchun yetmagan taqdirda foiz to‘lovlarini ham kechiktirish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga tavsiyalar berildi.

Biroq, bu degani 6 oydan (2020-yil 1-oktyabrdan) keyin imtiyozli davrda yig‘ilgan foizlar bilanbirga to‘lanadi degani emas. Ya’ni, imtiyozli davrda hisoblangan foiz to‘lovlari yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirilganini hisobga olgan holda, to‘lov jadvalining qolgan davriga teng ravishda taqsimlanadi.

Ikkinchisi. Xabaringiz bor, deyarli aksariyat (24 ta) tijorat banklari o‘z tashabbusiga ko‘ra jismoniy shaxslar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini bir tomonlama keyingi 2-3 oy muddatga avtomatik tarzda kechiktirish (kredit ta’tili berish) haqida ma’lum qildi.

Bu nima uchun qilindi? Karantin rejimiga to‘liq rioya qilish maqsadida mavjud 2,4 mln. qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga jismonan imkoniyat bo‘lmagani sababli jismoniy shaxslarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 2-3 oyga avtomatik tarzda kechiktirilib berildi.

Albatta, "ushbu berilgan 2-3 oylik imtiyozli davr yakuni bo‘yicha ham qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmasa, unda nima qilish kerak?" degan tabiy savol tug‘ilishi mumkin.

Shu o‘rinda, bir masalaga ahamiyat berish muhim — bu degani qarzdor-jismoniy shaxslar 6 oylik imtiyozga murojaat qila olmaydi degani emas.

Ya’ni, ushbu berilgan 2-3 oylik imtiyozli davr yakunlanganidan so‘ng qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmagan taqdirda, tijorat banklari o‘z ichki siyosati, moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni yana qo‘shimcha davrga (2020-yil 1-oktyabrga qadar) kechiktirish masalasini ko‘rib chiqishlari ham mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, bu degani 2-3 oydan keyin (avtomatik ravishda kredit ta’tili bergan davr yakunlanganidan so‘ng) imtiyozli davrda yig‘ilgan foizlar bilan birga to‘lanadi degani emas. Ushbu foiz to‘lovlari proporsional ravishda to‘lov jadvalining qolgan davriga taqsimlanadi.

Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozim.

Shuning uchun, kelgusida qarz miqdorining oshib ketishini oldini olish maqsadida joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlar o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring