Bank yanglishib 130 mln. funt pulni mijozlariga takroran o‘tkazib yubordi

Ispaniyaning «Santander» banki yanglishib Buyuk Britaniyadagi o‘n minglab mijozlari hisobiga 130 million funt-sterling o‘tkazib yubordi.
Texnik xatolik 25-dekabr sanasida yuz bergan: ikki mingta britan kompaniyasi xodimlari hisobiga o‘tkazmalar takror yuz bergan — jami 75 mingta hisobraqamiga pul borib tushgan.
Xatolik topilgach, bank pullarni ortga qaytarishga uringan. Biroq ayrim mijozlar kartalaridagi pullarni yechib olgan, ayrimlari esa pullarini boshqa banklardagi hisoblariga o‘tkazib yuborishga ulgurishgan. «Santander» banki ular bilan muzokaralarga kirishgan. Ekspertlarning fikricha, bank hamma pullarini qaytarib olishi dargumon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter