Bangladeshda chaqmoqdan 9 kishi halok bo‘ldi
Bangladesh shimolidagi Sirajganj va Magura shaharlarida chaqmoq chaqishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. O‘tgan hafta ham aynan shu hududda chaqmoq 5 kishining umriga zomin bo‘lgan edi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Meteorologiya mutaxassislarining ta’kidlashicha, iqlimning o‘zgarishi hamda daraxtlarning kesilishi tufayli Bangladeshda chaqmoq chaqishi ko‘paymoqda.
Tabiiy ofatlar ko‘p kuzatiladigan Bangladeshda so‘nggi 10 yil mobaynida 3 mingdan ziyod odam chaqmoq qurboniga aylangan. Shu yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida 150 kishi chaqmoq sababli halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter