Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.
Sessiya O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida bo‘lib o‘tgan. Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov o‘rniga shu paytgacha Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi.
Bugun, 13-iyul kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev lavozimdan ozod etilgani va Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida ma’lum qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter