Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovga orden berildi

Bahodir Jalolovga orden berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarni qabul qildi. Tadbir yakunida davlat rahbari tomonidan g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. Xususan, boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni berildi.

Bahodir taqdirlash marosimidan so‘ng Olimpiadadagi final jangi haqida gapirib o‘tdi.

— Bu Olimpiadani menchalik kutgan odam bo‘lmasa kerak. Rio-de-Janeyroda g‘alaba qozona olmaganimdan keyin bor kuchim va harakatimni mana shu Olimpiadaga qaratgan edim.

To‘g‘risini aytsam, amerikalik raqibimdan birinchi raundda zarba o‘tkazib yubordim. Shundan so‘ng yillar davomida qilgan mehnatimni o‘yladim, xalqimga, sizga bergan va’damni esladim. Shundan keyin yana-da katta kuch bilan harakat qildim va ikkinchi, uchinchi raundda g‘alaba qozondim.

Yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor juda yuqori. Biz bundan foydalanishimiz kerak. Xalqim uchun, Siz uchun jonim chiqquncha harakat qilaman, — dedi Baxodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasi finalida Richard Torresga qarshi ringga ko‘tarilgan va g‘alaba qozongan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring