Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov WBO‘ning yangilangan reytingiga kiritildi

Bahodir Jalolov WBO‘ning yangilangan reytingiga kiritildi

WBO yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga, super og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham kiritildi.

Shu tariqa, reytingdan 6 nafar bokschimiz joy oldi:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 7-o‘rin (o‘tgan oy 8-o‘rinda edi);

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) 2 pog‘ona yuqorilab, 5-o‘ringa joylashtirildi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-o‘rin (o‘tgan oy 6-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinda qoldi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;

Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 101 kg) 15-o‘ringa joylashdi.

Avvalroq to‘rt nafar o‘zbek bokschisi WBA reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring