Bahodir Jalolov ukrainalik bokschi bilan jang o‘tkazdi

Boks bo‘yicha Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Biroz avval eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ukrainalik raqibiga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qildi.
Sonte Rogavaga qarshi bahs olib borgan Jalolov aniq va kuchli zarbalari bilan ustunlikka erishdi va chorak final masalasini ijobiy hal qildi.
Shu tariqa 5 nafar bokschimiz ertaga bo‘lib o‘tadigan chorak final bosqichida jang olib boradigan bo‘ldi. Quyida musobaqani davom ettirayotgan vakillarimizni yodga olib o‘tamiz:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter