Bahodir Jalolov nokautga uchratgan amerikalik bokschi kasalxonaga yotqizildi

Yekaterinburg shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalida +91 kg vaznda bokschimiz Bahodir Jalolov AQSh vakili Richard Torresni nokautga uchratgani haqida xabar bergan edik. Rossiya matbuotida ma’lum qilinishicha, shundan so‘ng Richard Torres kasalxonaga tushib qolgan.
Torresni ringdan shifokorlar zambilda olib chiqib ketgan. U tez yordam mashinasida Yekaterinburg shahridagi klinikalardan biriga olib borilgan. Richard Torres tez yordam mashinasiga qadar o‘zi yurib borgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter