Bahodir Jalolov «Godzilla»ga qarshi jang qiladi

Mashhur TopRank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 26 avgust kuni AQShda o‘tkazadi.
Bahodirga shu kuni «Godzilla» laqabiga ega nigeriyalik Onoriode Ehverieme raqiblik qiladi. Bu og‘ir vaznli bokschi professional ringda 22 bor jang o‘tkazgan va undan 20 tasida g‘alaba qayd etgan.
Bahodir Jalolov esa professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter