Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir finalda kubalikni ringga qulatdi!

Bahodir finalda kubalikni ringga qulatdi!

Og‘ir vaznda yulduzli bokschimiz Bahodir Jalolov ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz final jangida kubalik Alexandro Arzolaga qarshi bahs olib bordi va birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi. 

Shu tariqa, bugungi finallarga ajoyib yakun yasalmoqda. Uch final – uch oltin!

Avvalroq Hasanboy Do‘smatov ham raqibini nokautga uchratib, chempion bo‘lgandi.

Ertaga yana 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring