Bag‘dodda hamma joy tinchmi? Mast holatdagi bezori qo‘lga olindi
15 iyun kuni soat 15:30 da 50 yoshli S.A. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Bag‘dod tumani Olmazor ko‘chasida 44 yoshli S.M. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal vaqtida jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan umum e’tirof etgan axloq qoidalarini buzib, hech bir sababsiz 44 yoshli S.M.ni bosh va yuz sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Fuqaro S.A.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter