Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Афғонистон Қозоғистонга печенье экспорт қилди

Афғонистон Қозоғистонга печенье экспорт қилди

Badaxshon Afg‘onistonning 34 viloyatidan biri bo‘lib, uning shimoli-sharqida joylashgan.

Badaxshon dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan va u har 4 faslda ham yam-yashil daraxtlari bo‘lgan tog‘li viloyat hisoblanadi. Uning markazi Fayzobod shahri.

Maydoni 47 403 kvadrat kilometrdan oshadi va uning aholisi bir milliondan ortiq kishini tashkil qiladi.

Bu viloyat shimoldan Tojikiston bilan, sharqdan Xitoy bilan va janubdan Pokiston bilan xalqaro chegaralarga ega. Janub tomondan esa Kunar, Panjsher va Kapisa viloyatlari, g‘arbdan Taxor viloyati bilan chegaradosh. Badaxshon viloyatida 28 ta tuman bo‘lib, u Afg‘onistondagi eng ko‘p tumanlarga ega bo‘lgan viloyatlardan biri hamdir. Afg‘oniston poytaxti Kobuldan 470 km uzoqlikda joylashgan.Badaxshon juda ko‘p tabiiy boyliklari, jumladan, la’l, lojuvard, va oltin kabi qimmatbaho mineral va metallari bilan mashhur.

Shuningdek, ushbu viloyat o‘zining tarixiy osori-atiqalari hamda ko‘plab qadimiy yodgorliklariga ham ega.

Vaxon, Pomir va Hindikush kabi baland qorli tog‘lar ham Badaxshon viloyati hududi hisoblanadi. Viloyat iqlimiga ko‘ra yozda issiq, qishda esa juda sovuq. Ayrim hududlarida esa ko‘p miqdorda qor yog‘ishi sababli transport yo‘llari yilning sanoqli davrlaridagina ochiq bo‘ladi.

Badaxshon aholisining aksariyati tojiklar bo‘lib, fors tilida so‘zlashadilar. Qolaversa, viloyatda pomiri, shig‘niy, Xitoy bilan chegara tomonlarda esa, hatto xitoy tilida gaplashadiganlar ham bor. Badaxshon aholisining aksariyati Islom dinining Hanafiy mazhabiga ergashadilar. Aholi vakillari orasida, shu bilan birga, Shia mazhabining Ismoiliya yo‘liga e’tiqod qiluvchilar ham topiladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Badaxshon 28 ta ma’muriy hududlarga – «vilisvoliy»larga (tumanlarga, -tahr.) bo‘linadi. Jumladan: Voxon, Kishim, Baxorak, Jurum, Yaftal, Rog‘iston, Argu, Daraim, Arg‘anjxoh, Nisay, Shekay, Moymay, Ishkoshim, Xosh, Xohon, Kufob, Kuhiston, Fayzobob, Shig‘non, Kuronu minjon, Shahribizirg, Shuhado, Tagob, Tishkon, Varduj, Yumgon, Yovon va Zibok.

Farxunda Frutan Amiriy

O‘zMU Jurnalistika fakulteti talabasi, Afg‘oniston fuqarosi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring