Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Badaxshonda Tolibon komandiri o‘ldirib ketildi

Badaxshonda Tolibon komandiri o‘ldirib ketildi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida noma’lum jangarilar Tolibon harakati komandirlaridan birini o‘ldirib ketishgan. Bu haqda «8 subh» gazetasi xabar tarqatgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, voqea 10 aprel kuni viloyat markazi Fayzobod shahri yaqinidagi Parnaxum qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Komandirning ismi Javod edi, voqeada uning tansoqchisi tirik qolgan.

Hozircha toliblar mazkur hodisa haqida biror izoh berishmagan.

Afg‘onistonda oxirgi kunlarda yana urush xavfi ko‘rinib qolgandek. Ikki kun oldin Kobulda portlash kuzatilgan bo‘lsa, sobiq afg‘on askarlari toliblarga qarshi kuch to‘playotgani haqida ham xabarlar chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring