Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA prezidenti o‘limga mahkum qilingan isroillik ayolni afv etdi

BAA prezidenti o‘limga mahkum qilingan isroillik ayolni afv etdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rasmiylari ilgari giyohvand moddalar saqlagani uchun o‘limga hukm qilingan Isroil fuqarosini afv etdi.

Bu haqda Isroil prezidenti Is’hoq Gersog bayonotiga tayanib,  i24NEWS telekanali xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayon o‘tgan yili giyohvand moddalar savdosida ayblanib qamalgan isroillik ayolni afv etdi.

Qayd etilishicha, Hayfa shahrida istiqomat qiluvchi Fida Kiuan Isroil prezidentiga «ehtirom belgisi sifatida» Ramazon oyi kirishi sharafiga kechirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring