Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim transportlar O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi

Ayrim transportlar O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi

Foto: «Desktopbackground.org»

«Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5225-son, 19.08.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yig‘imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi:

– «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);

– tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

– Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

– «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;

– avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring