Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim tovarlar importida 2024-yilgacha bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi – Farmon

Ayrim tovarlar importida 2024-yilgacha bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi – Farmon

Prezidentning joriy yil 23-martdagi «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2024-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati (36 ta) tasdiqlandi.

Shuningdek, ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirilgan.

Jumladan:

  • yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
  • pishloq va tvoroglar;
  • yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
  • yangi olma, nok va behi;
  • bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
  • kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Eslatib o‘tamiz, ilgari mazkur muddat Prezidentning 2022-yil 31-maydagi farmoniga asosan 2023-yilning 1-iyuliga qadar edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring