Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifa transport vositalariga Toshkentga kirish cheklanadi

Ayrim toifa transport vositalariga Toshkentga kirish cheklanadi

Belgilangan ekologik me’yorlarga javob bermaydigan transport vositalarining Toshkentda harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 2-iyun kuni imzolangan PQ-171-sonli qarorida belgilab qo‘yildi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, poytaxtning 4 ta kirish yo‘l patrul maskanlarida doimiy ekologik postlar tashkil etiladi.

Ya’ni, tunu-kun ishlaydigan postlar:

  • Uchqahramon;
  • Erkin;
  • Sharq;
  • Bektemir.

Shuningdek, Toshkentda «N-2» (yuk tashish quvvati – 3,5-12,0 tonna) va «N-3» (yuk tashish quvvati 12,0 tonna) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Bunda o‘rnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yo‘li orqali harakatlanishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring