Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim pensionerlarga qo‘shimcha pul to‘lanadi

Ayrim pensionerlarga qo‘shimcha pul to‘lanadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qo‘shimcha pul to‘lanadi. Bu haqda Norma portali xabar qildi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha to‘lov O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘lanayotgan pensiyaga qo‘shib belgilanadi. Qo‘shimcha to‘lov:

- 2015-yilning 1 mayiga qadar 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga 2015 yilning may oyidan boshlab;

- 2015 yilning 1 mayidan keyin 100 yoshga to‘ladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi.

Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda qo‘shimcha to‘lov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi. Qo‘shimcha to‘lovni to‘lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi. To‘lov fuqaroga to‘lanayotgan pensiyani to‘lash to‘xtatilganda yoki to‘xtatib turilganda belgilangan tartibda to‘xtatiladi yoki to‘xtatib turiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring