Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim maxfiy xaritalardan foydalanishga ruxsat beruvchi qaror qabul qilindi

Ayrim maxfiy xaritalardan foydalanishga ruxsat beruvchi qaror qabul qilindi

Hukumat qarori bilan Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda  «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq:

- 1984-yilgi umumjahon geodeziya koordinatalari tizimiga (WGS-84) bog‘langan va belgilangan tartibda nazorat ko‘rigidan o‘tkazilgan har qanday ruxsat etilgan aerokosmik suratlardan foydalanishga;
- 1942-yilgi davlat koordinatalar tizimida geografik ob’yektlar koordinatalarini aniqlashga cheklovlar olib tashlandi (toifalashtirilgan ob’yektlar va geodeziya punktlari bundan mustasno).

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi ruxsat berish tartibotlari belgilanadi:

- geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish;
- maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirishga ruxsat berish;
- maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berishga ruxsat etish;
- O‘zbekiston hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsat berish;
- aerosuratga olish ishlarini bajarishga ruxsat berish;
- aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish.

Shuningdek, nizom bilan foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratishga bo‘lgan talablar belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring