Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi

Ayrim mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi

Joriy yil 13-mart kuni Hukumatning «Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urug‘larini qayta ishlashdan olingan o‘simlik yog‘larini yuqorida belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat berilmoqda.

Shuningdek, kungaboqar va paxta yog‘i hamda aralash yog‘lardan tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring