Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim mahalla xodimlarining oyligi oshiriladi

Ayrim mahalla xodimlarining oyligi oshiriladi

Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bo‘lgan mahalla xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Aytilishicha, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 noyabrdan:

  • hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko‘rsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga o‘tkaziladi;
  • tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring