«Ayrim Afrika mamlakatlaridan orqadamiz...» – senator O‘zbekistonning odil sudlov tizimi haqida

Senatning yettinchi yalpi majlisida O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda 9 ta xalqaro reyting ustuvor etib belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston ularning 5 tasida pozitsiyasini yaxshilagan bo‘lsa, qolgan 4 tasida pastlagan.
«So‘nggi yillarda qilingan ishlarga qarasak, xalqaro indekslardagi O‘zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilanishi kerak edi. Afsuski afrim sohalarda buning teskarisini ko‘ryapmiz. Jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha biz 83-o‘rindamiz. 5 pog‘onaga pastlaganmiz, 5 pog‘onaga yuqorilaganimizda boshqa gap edi...
Fuqarolik odil sudloviga erishish darajasining yuqoriligi subindikatorida mamlakatimiz o‘rni o‘tgan yili 10 pog‘onaga yomonlashgan. Va 96-o‘rindan 106-o‘ringa chiqqanmiz. Afrikaning ayrim davlatlaridan ham orqadamiz...
Bu holat nizolarni hal qilishda odil sudlovga erishish qiyinligi sud tizimiga ishonchning susayib borayotgani, murojaatlarni ko‘rib chiqishda adolat va xolislik prinsiplari aholi tomonidan sezilmayotganidan dalolat beradi. Ko‘p holatlarda sud qarorlari ijrosi kechiktiriladi yoki bajarilmaydi. Mazkur indikatorlarni hisoblashda aholi o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Demak aholining sudlarga bo‘lgan ishonchi pasayib boryapti», – deydi senator Abdurahim Erkayev.
Senator, o‘z navbatida, ma’ruzasida keyingi yillardagi sud-huquq sohasida amalga oishirb kelinayotgan institutsional o‘zgarishlarning natijasini savol ostiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter