Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan ayolning ko‘zi yoridi

Koronavirusga chalingan ayolning ko‘zi yoridi

Videolavhadan foto.

Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasi majmuasiga joriy yil 20-martdan buyon hozirga qadar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 57 nafar homilador ayol yotqizilgan. Ulardan 16 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular orasida 3 ta tug‘ruq bo‘lgan, jumladan, 1 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

– Rosti, boshida oilaviy koronavirus infeksiyasiga chalinganimizda juda xavotirga tushdik, – deydi poytaxtlik ona. – O‘zimdan ham ko‘ra tug‘iladigan farzandimni ko‘p o‘yladim. 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelishganida bu yerdagi bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarini ko‘rib ko‘nglim xotirjam bo‘ldi, ularning mehridan xursand bo‘ldim. Bu yerdagi tibbiyot xodimlarining qahramonona sa’y-harakatlari tufayli farzandli bo‘ldim. Hozirda qizimning ham, mening ham ahvolimiz yaxshi, sog‘-salomatimiz. Fursatdan foydalanib, ushbu tug‘ruq majmuasi tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Tug‘ruq majmuasining mas’ul xodimi Komil Jumayevning ta’kidlashicha, mazkur tibbiyot muassasa jamoasi xalqaro standartlar asosida davo muolajalarini olib borayotganliklari uchun ham ayni paytga qadar koronavirusga chalingan 14 nafar bemor butunlay sog‘ayishiga erishilgan. Qolgan bemorlarni darddan forig‘ etish yo‘lida tibbiyot xodimlari jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatib mehnat qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring