Ayolni eriga xiyonatkorlikda qo‘rqitib «shantaj» qilgan shaxs ushlandi
Toshkentda eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatish bilan ayol kishini qo‘rqitib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlariga 37 yoshli Sh. T. murojaat qilib, undan 700 AQSh dollarini tovlamachilik bilan talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.
Aks holda, Sh. eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishi bilan qo‘rqitgan. 16 oktyabr kuni soat 16.30 da Yashnobod tumanida pullarni olish vaqtida 35 yoshli Abduvaxob N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter