Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar uchun yangi elektron platforma yaratiladi

Ayollar uchun yangi elektron platforma yaratiladi

Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2022-yildan boshlab iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha «Oila – mahalla – maktabgacha ta’lim – o‘rta ta’lim – o‘rta maxsus ta’lim – oliy ta’lim» hamkorlik mexanizmlari joriy etiladi.

Qayd etilishicha, mahallalarda «Bibixonim maktablari» jamoatchilik tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-mayga qadar «Ayol – lider» o‘quv-ma’rifiy elektron platformasini yaratish va ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, har yili mart oyining birinchi haftaligi «Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi» sifatida e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring