Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayollar daftari»ga oid nizomga o‘zgartirish kiritildi

«Ayollar daftari»ga oid nizomga o‘zgartirish kiritildi

Hukumat qarori (145-son, 31.03.2022 y.) bilan «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, «Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
  • tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj
  • ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
  • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:

  • oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan «Ayollar daftari»ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring