Ayol va ikki qiz zaharlandi. Qizlardan biri vafot etgan
2021-yil 5-noyabr kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani «Adolat» mahallasi, Furqat ko‘chasi 11-uyda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
Shu uyda yashovchi fuqarolar – 1967-yilda tug‘ilgan B.A. 1995-yilda tug‘ilgan M.M. va 2008-yilda tug‘ilgan M.A. noma’lum gazdan zaharlanish baxtsiz hodisasi bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez yordam bo‘limiga olib kelingan.
2021-yil 6-noyabr kuni 2008-yilda tug‘ilgan M.A Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Bolalar shifoxonasida vafot etgan.
O‘rta Chirchiq tumani hokimining tegishli qarori bilan tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda uning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter