Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayol – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning yangi ufqlarida» anjumanida qator muhim masalalar muhokama qilindi

«Ayol – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning yangi ufqlarida» anjumanida qator muhim masalalar muhokama qilindi

Ma’lumki, bugungi kunda ayollar iqtisodiyotning turli sohalarida faol ishtirok etmoqda. Ular tadbirkorlik, innovasiya, ilmiy tadqiqotlar va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarida o‘zining munosib o‘rnini topib, nafaqat oilalar, balki butun jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqdalar.

Shu bois, ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun barcha sharoitlarni yaratish va yangi imkoniyatlar eshigini ochish zamon talabidir.

Joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston xotin-qizlar  “Olima” uyushmasi hamda iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar  “Olima” uyushmasi hamkorligida “Ayol – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning yangi ufqlarida” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori Abduvaxob Umarov ochib berdi.

Anjumanda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi, tarix fanlari  doktori, professor R. H. Murtazayeva ham qatnashib, tabrik so‘zi bilan birga anjuman ishtirokchilariga kerakli uslubiy maslahatlar va oldinda turgan vazifalarni ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu anjumanda Toshkent shahridagi davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlari xotin-qizlar “Olima” uyushmalari va xotin-qizlar kengashi vakillari, Alfraganus university nodavlat OTM professor-o‘qituvchilari, huquqshunoslar, jurnalistlar, Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari, shuningdek, o‘zbek-yapon yoshlar innovasion markazi xodimlari, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xorijiy davlat talaba qizlari ishtirok etishdi.

Tadbirda olima ayollar, huquqshunoslar, jurnalistlar va siyosatshunos ayollar ishtirokida “Ta’lim tizimida olima ayollarning innovason faolligini rag‘barlantirishning ahamiyati”, “Innovason jarayonlarni rivojlantirishda ayollarning roli”,  “Jahon iqtisodiy fanida ayollar: O‘zbekistondan qarash”, “O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘prik va O‘zbek-Yapon yoshlar innovasion markazida ayollarning faoliyati” hamda “O‘zbekistonda mehnat migrasiyasi: iqtisodiy ahamiyati, muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzularida ma’ruzalar  muhokama qilindi.

Anjuman yakunida ayollarning yangi ufqlardagi rejalari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, muvaffaqiyatli tajribalari va oldinda turgan vazifalar haqida fikr almashildi. Yuqoridagi ma’ruzachilarning dolzarb mazulardagi ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ilmiy-amaliy anjuman  so‘nggida O‘zbekiston milliy universiteti “Olima” uyushmasi raisi, fizika fanlari doktori, professor M.A.Zahidova anjuman jamiyatimizda ayollarning roli va ularning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishdagi hissasini chuqur tahlil qilish, yangi imkoniyatlar va istiqbollar haqida fikr almashish uchun muhim platforma vazifasini o‘taganligini aytib, kelgusida ham shu kabi hamkorliklar uzoq yillar davom etishiga ishonch bildirdi.

M.A. Zahidova qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok  etgan ma’ruzachilarga va ushbu anjumanni tashkil etishdagi sa’y-harakatlari hamda  faolligi uchun fakultet xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi Sh.O. Olimjonovaga O‘zbekiston milliy universiteti xotin-qizlar  “Olima” uyushmasi nomidan alohida minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, faol ishtirok etgan bir qancha olima ayollarni sovg‘a va tashakkurnomalar bilan munosib taqdirladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring