Ayanchli to‘qnashuvda «Nexia» haydovchisi yonib ketdi

19-noyabr kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda haydovchi, A.N. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli hamda haydovchi, N.Q. boshqaruvidagi «Zil-MMZ 554» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda «Nexia» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
To‘qnashuv va yong‘in natijasida «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter