Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtotransport vositasini bojxonadan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Avtotransport vositasini bojxonadan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Davlat bojxona qo‘mitasi «Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar» to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.). Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Hujjat Prezidentning 2020-yil 5-iyuldagi PF-6005-son «Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

Xususan, Nizomning 7-bandida endi aniqlashtirilishicha, avtotransport vositasini qaytarib olib chiqishda majburiyatnoma tuziladi, u «Avto» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga beriladi.

Nizom quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirildi:

«Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan xaydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma yoki elektron tarzda murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun 16-bandda ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq harajatlar mustasno hisoblanadi».

17-bandning yangi tahriri endi vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi belgilangan muddat tugashidan avval xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojxona postiga muddatni uzaytirishni so‘rab yoki elektron tarzda masofadan to‘lovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida murojaat qilishi zarurligini nazarda tutadi. Murojaatga 16-bandda nazarda tutilgan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilish lozim. Tegishli bojxona posti muddatni yig‘im qancha muddat uchun to‘langan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi va «Avto» tizimida uning muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi axborotni kiritadi.

Qarorda Nizomga boshqa o‘zgartirishlar ham nazarda tutilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring