Avtomobillarga gazballon o‘rnatish uchun boshlang‘ich badalsiz kreditlar beriladi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB o‘z mijozlari va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, iste’mol krediti turlarini yanada kengaytirdi!
Bundan tashqari, bankka taqdim etiladigan hujjatlar soni ham kamaydi, kreditni qisqa muddatda chiqarish eng asosiy prinsip qilib belgilandi!
Bundan buyon iste’mol krediti oluvchi bankka bor-yo‘g‘i quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
- kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- ta’minot (kafil) hujjatlari;
- xarid qilinayotgan tovar oldi-sotdi (ko‘rsatilayotgan xizmat) shartnomasi.
Agar kredit ta’minoti uchun jismoniy shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafildan ham pasport (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat) nusxasi va uning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etiladi xolos.
Eng muhimi, agar kredit summasi eng kam ish haqining 100 barobarigacha bo‘lsa (hozirgi kunda 100 x 172 240 so‘m = 17 224 000 so‘m) jismoniy shaxs kafilligi yoki sug‘urta polisi, undan yuqori bo‘lsa, garov ta’minoti (ko‘char yoki ko‘chmas mulk) taqdim etiladi.
Iste’mol kreditlari boshlang‘ich badalsiz, 3 yil muddatgacha beriladi.
Kreditning faqatgina bitta sharti bor, u ham bo‘lsa, tovar (ish, xizmat) O‘zbekistondan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilayotgan) bo‘lishi lozim.
Kredit summasi tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Kredit quyidagi maqsadlar uchun taqdim etiladi:
№ |
Kredit maqsadi |
Kredit miqdori |
Hozirgi kundagi summasi |
1. |
Mebellar to‘plami, interer, alyumin eshik-rom, santexnika jihozlari, isitish moslamalari sotib olish hamda o‘rnatish uchun |
Eng kam ish haqining 200 barobarigacha |
34 448 000 so‘m |
2. |
Maishiy texnika, audio-video va boshqa orgtexnikalar sotib olish uchun |
||
3. |
To‘y, yubiley va boshqa marosimlar o‘tkazish xizmatlari uchun |
||
4. |
Xususiy maktab, bog‘cha, tayyorlov va o‘quv kurslarida ta’lim olish, malaka oshirish va haydovchilarni tayyorlash xizmatlari uchun |
Eng kam ish haqining 100 barobarigacha |
17 224 000 so‘m |
5. |
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehmonxona, dam olish maskanlari hamda boshqa turistik xizmatlar uchun |
||
6. |
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga sayohat va uni tashkillashtirish bilan bog‘liq turistik xizmatlar uchun |
Eng kam ish haqining 200 barobarigacha |
34 448 000 so‘m |
7. |
Velosiped, moped, bolalar va nogironlar aravachasi, mototsikl va mototsiklga tenglashtirilgan transport vositalari sotib olish uchun |
||
8. |
Yengil avtomashinalarni ta’mirlash, ularga metan, propan va butan gaz ballonlari o‘rnatish xizmatlari uchun |
||
9. |
Uy-joylarni ta’mirlash uchun |
Eng kam ish haqining 300 barobarigacha |
51 672 000 so‘m |
10. |
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJdan avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish uchun |
Eng kam ish haqining 100 barobarigacha |
17 224 000 so‘m |
11. |
Zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun |
||
12. |
Salomatlikni tiklash, davolanish, diagnostika, sanatoriya, tibbiy laboratoriya, va stomatologiya xizmatlari uchun |
Eng kam ish haqining 50 barobarigacha |
8 612 000 so‘m |
13. |
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun belgilangan formalarni sotib olish uchun |
||
14. |
Quyosh batareyasi asosida ishlovchi uskunalarni xarid qilish uchun |
Eng kam ish haqining 200 barobarigacha |
34 448 000 so‘m |
«O‘zsanoatqurilishbank» o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va siz uchun yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 233-63-78 telefon raqamidan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATBning:
- veb-sayt;
- Telegram;
- Facebook;
- «UZPSB Mobile»: Android dasturi uchun, IOS dasturi uchun.
«O‘zsanoatqurilishbank» har bir xodimining oliy fazilati – bu mijozlarga sidqidildan ximat qilish, eng oliy burchi esa – jonajon О’zbekistonning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdir!
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter