«Avtomobillar hashamatga aylanishi kerak» — Prezident
Yig‘ilishda Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etildi.
Ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7-9 ballik, ba’zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba’zilariga 2 karra ko‘p yuklama tushmoqda.
Oqibatda kunning tig‘iz paytida manzilga borish uchun 2 barobar ko‘p vaqt sarflanmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish va Prezidentga taqdimot qilish topshirildi.
«Shaharsozlik va yo‘l harakatiga mas’ul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar "Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart.
Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter