Avtomobil yo‘llari uchun O‘zbekiston kredit oldi
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 273,8 mln. dollar miqdorida mablag‘ olgan. Bu haqda bank axborot xizmati ma’lum qildi.
Kredit 4 yillik imtiyozli davr bilan 24 yilga ajratilgan. Mablag‘ning katta qismi — 183,8 mln. dollari «Surxondaryo» loyihasi uchun mo‘ljallangan. Ya’ni «Darband - Boysun - Elbayon» avtomobil yo‘lining 5-70 km. qismi va «Manguzar - Jarqo‘rg‘on - Bandixon - Oltinsoy - Denov» yo‘lining 128-174 km. qismi rekonstruksiya qilinadi.
Qolgan 90 mln. dollar esa «Buxoro» loyihasiga sarflanadi. Bunda «G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beynev» A380 avtoyo‘lining 228-315 km. qismini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter