Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet tashkilotlarida avtomobil va kompyuterlarning «yaroqlilik muddati» qancha?

Budjet tashkilotlarida avtomobil va kompyuterlarning «yaroqlilik muddati» qancha?

Foto: «Rulevod»

Joriy yilning 17-martida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur hujjatda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida buxgalteriya hisobi yuritilishini belgilovchi normalar, budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi bo‘yicha qo‘shimcha normalar aks ettirildi.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar hisobidan shakllantirish mumkinligi hamda ayrim hollarda mablag‘lar tejab qolinmasligi aks ettirildi. Xususan, budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganda, budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganda, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganda, budjet tashkilotlari faoliyati to‘xtatib turilganda — to‘xtatib turilgan davr uchun mablag‘lar tejab qolinmaydi.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablag‘lar, qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorining qisqartirilishi, moliya yili boshiga tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalari hamda dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, ammo zarurati qolmagan summalar ham tejab qolinmasligi belgilandi.

Budjet tashkilotlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari to‘xtatilgan hollarda tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar qoldig‘i o‘z ixtiyorida qolishi belgilandi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Tugatilgan budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i belgilangan tartibda tegishli budjet daromadlariga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlari belgilandi. Masalan, bino-imoratlar, ko‘prik, suv kanallari, issiqxonalar kabi inshootlarning eskirish yillik normasi 5 foiz etib belgilangan.

Yoki yengil avtomobillar yoki kompyuterlarda esa bu ko‘rsangich 20 foiz deb belgilandi. Ya’ni, ushbu vositalar 5 yil davomida foydalanilgandan so‘ng hisobdan chiqarilishi mumkin.

 Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish
ME’YoRLARI

Guruhlar
t/r

Kichik
guruhlar
t/r

Asosiy vositalarning nomi

Eskirishning yillik normasi, foizlarda

I

 

Binolar, imoratlar va inshootlar

 
 

1.

Binolar, imoratlar

5

 

2.

Neft va gaz quduqlari

 

3.

Neft-gaz omborlari

 

4.

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari

 

5.

Ko‘priklar

 

6.

Dambalar, to‘g‘onlar

 

7.

Daryo va dengiz prichal inshootlari

 

8.

Korxonalarning temir yo‘llari

 

9.

Qirg‘oqni mustahkamlovchi, qirg‘oqni himoyalovchi inshootlar

 

10.

Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar

 

11.

Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i

 

12.

Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i

 

13.

Havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘llari, yo‘laklari, to‘xtash joylari

 

14.

Bog‘larning va hayvonot bog‘larining inshootlari

 

15.

Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari

 

16.

Issiqxonalar va parniklar

 

17.

Boshqa inshootlar

II

 

Uzatish qurilmalari

 
 

1.

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8

 

2.

Ichki gaz quvurlari va quvurlar

 

3.

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari

 

4.

Magistral quvurlar

 

5.

Boshqalar

III

 

Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar

 
 

1.

Issiqlik texnika uskunalari

8

 

2.

Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari

 

3.

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar

 

4.

Kompleks qurilmalar

 

5.

Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV

 

Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

 
 

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar

15

 

2.

Qishloq xo‘jaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari

 

3.

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa o‘lchov texnikasi

 

4.

Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari

 

5.

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o‘xshash uskunalari

 

6.

Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari

 

7.

Kompressor mashinalari va uskunalari

 

8.

Nasoslar

 

9.

Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karer hamda yo‘l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar

 

10.

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari

 

11.

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig‘imlar

 

12.

Neft qazib chiqarish va burg‘ulash uskunalari

 

13.

Boshqa mashinalar va uskunalar

V

 

Harakatlanuvchan transport

 
 

1.

Temir yo‘lning harakatdagi tarkibi

8

 

2.

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari

 

3.

Havo transporti

 

4.

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20

 

5.

Yengil avtomobillar

 

6.

Sanoat traktorlari

 

7.

Kommunal transport

10

 

8.

Maxsus vaxta vagonlari

 

9.

Boshqa transportlar

20

VI

 

Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari

 
 

1.

Kompyuterlar

20

 

2.

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari

 

3.

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi

 

4.

Boshqalar

VII

 

Boshqa guruhlarga kiritilmagan qat’iy belgilangan aktivlar

 
 

1.

Ko‘p yillik dov-daraxtlar

10

 

2.

Idora mebeli va uskunalari (shu jumladan telefon apparatlari, hisoblash qurilmalari va boshqalar)

15

 

3.

Boshqalar

10

Shu munosabat bilan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi:

  1. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror (ro‘yxat raqami 2538-1, 2018 yil 17 mart);

  2. Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq (ro‘yxat raqami 2400-1,
    2018 yil 17 mart).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring