Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtokredit olish bo‘yicha yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Avtokredit olish bo‘yicha yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Foto: «baysideautosales.net»

Jismoniy shaxslarni kreditlash shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Aksiya kreditlash davri va foiziga taalluqli, deya xabar berdi «Aloqabank» axborot xizmati.

Endilikda, «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni sotib olish uchun ajratiladigan avtokreditlar hamda boshqa iste’mol kreditlari bo‘yicha:

- kredit muddati 12 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo‘lsa, foizi yillik 16 foiz;

- kredit muddati 18 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo‘lsa, foizi yillik 18 foiz.

Shuningdek, avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinadigan kreditning 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal summasi sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so‘ng to‘liq kreditni so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi.

Jismoniy shaxslarga 18 oydan ortiq muddatga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha hozirgi kunda amalda bo‘lgan kreditlash shartlari o‘zgarishsiz qoladi.

Qayd etilishicha, aksiya 2018-yil 15-sentabrgacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring