Avstriyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi
Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri Rudolf Anshober mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda OE 24 xabar bermoqda.
«Biz uchinchi to‘lqinning boshida turibmiz. Kasallikning o‘sishini sekinlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishimiz zarur. Shunda intensiv terapiya bo‘limlarining imkoniyatlari hamma uchun yetarli bo‘ladi. O‘tgan kuzni takrorlamaslik kerak», — deya uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Anshoberning ta’kidlashicha, xavfsizlikning yangi, qat’iy talablari, shu jumladan, mamlakatning ayrim hududlari o‘rtasida sayohat qilish cheklovlari o‘z samarasini ko‘rsatdi: ular maqsadga muvofiq ravishda joriy etilgan Avstriya shtatlarida epidemiologik vaziyat yaxshilandi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi har qanday xatarni hisobga olish kerak.
O‘tgan hafta avstriyalik emlanganlar soni bir milliondan oshgani ma’lum bo‘ldi. 2021-yil iyungacha rasmiylar barchani emlashni niyat qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter