Avstraliyalik shaxtyorlar 255 kilogramm oltin topib olishdi

G‘arbiy Avstraliyadagi Kambalda nikel konida ishlayotgan shaxtyorlar juda katta oltin koniga duch kelishdi. «AVS» yozishicha, ular to‘rt kun davomida yer ostidan 255 kilogramm oltin qazib olishgan.
Shaxtyorlar topgan oltin o‘lib borayotgan konga yangi hayot bag‘ishlashi mumkin. Shu paytgacha nikelning narxi tushib borayotgani uchun bu yerdagi to‘rtta kon yopilib ketgan. Ammo mablag‘ yetishmovchiligi barham bo‘ladiganga o‘xshaydi — shaxtyorlar topgan 255 kilogramm oltin 15 million dollarga baholanmoqda.

Haqiqatan ham bu g‘aroyib topilma. Yombilarning biri naq 90 kilogramm tosh bosdi. Kon xo‘jayini Mark Selbi yirik oltin bo‘laklarini kimoshdi savdosiga qo‘yishini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter