Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqdan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Avstraliyada voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqdan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash uchun qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Mamlakat Bosh vaziri Entoni Albanesening ma’lum qilishicha, agar ushbu hujjat qabul qilinsa, u kelgusi yildan kuchga kiradi.

«Bu yil Avstraliya parlamentiga qonun loyihalari kiritiladi, hujjat qabul qilinganidan keyin 12 oy o‘tib kuchga kiradi», – deydi Albanese.

Avstraliya hukumati hozirgi kunga qadar turli mamlakatlar tomonidan bu borada o‘rnatilgan tartiblarni o‘rganib chiqyapti va ijtimoiy tarmoqlarda «o‘tirgan» voyaga yetmagan bolalarning yoshini aniqlovchi tizimni sinab ko‘rmoqda.

Albanese ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga xavf tug‘dirishini tilga oldi. Uning aytishicha, bir qator davlatlar ijtimoiy media platformalardan foydalanishda yoshga doir cheklovlarni kiritish harakatida.

Qayd etilishicha, bunda ota-onasining roziligi bo‘lgan yoki allaqachon hisobi bo‘lgan bolalar uchun ham hech qanday imtiyozlar bo‘lmaydi.

Mamlakat bosh vaziri, shuningdek, hozirgacha hech bir davlatda ijtimoiy tarmoqlarda yosh chegarasini qo‘llash bo‘yicha ishlanmalar yo‘q. Avstraliyada esa xuddi shunday ikkita usul sinovdan o‘tkazilmoqda.

Mamlakat aloqa vaziri Mishel Roulandga ko‘ra bu cheklov Meta Platforms (Instagram va Facebook) Bytedance (TikTok), Alphabet’s (GOOGL.O), YouTube va Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, Fransiya o‘tgan yili, garchi ota-ona ruxsati bilan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsada, 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashni taklif qilgandi.

Qo‘shma Shtatlar esa uzoq muddatdan buyon texnologik kompaniyalaridan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ma’lumotlariga kirish uchun ota-onalarning roziligini so‘rashni talab qilib keladi.

Shuningdek, shu kabi cheklovni Norvegiya hukumati ham taklif qilgan, Rossiya Dumasida esa 14 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring