Avstraliyada to‘y koronavirusni ommaviy yuqtirishga sabab bo‘ldi
Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida kamida 30 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, deya xabar berdi «Rambler».
6 mart kuni Skott Meggs va Emma Metkalf «Tumbling Waters Retreat» mehmonxonasida to‘y marosini o‘tkazishdi. Unda 140 kishi ishtirok etgan. Shodiyonadan so‘ng yoshlar asal oyini o‘tkazgani Maldiv orollariga uchib ketgan.
Shundan ikki hafta o‘tgach to‘yda ishtirok etgan 31 kishi COVID-19 ni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Meggs va Metkalf bu yangilikdan shokka tushib qolishgan:
«Biz, chindan ham, do‘stlarimiz xavfsiz joyda bo‘lishini va o‘zlarini yaxshi his qilishini xohlagandik. Bu hayotimizdagi eng yaxshi kun bo‘lgani uchun hammaning yodida qolishini istagandik. Koronavirus bo‘lmaganda edi bu ideal uikendga aylanardi».
Shodiyona mehmonlaridan biri, uchinchi farzandini dunyoga keltirishga hozirlik ko‘rayotgan Xauech familiyali odam o‘zining «Instagram»ida bir yoshli qizalog‘i va uning o‘zi kasallikni qanday boshidan kechirayotganini so‘zlab bergan:
«Kichik qizimning tana harorati yuqori. Men nimjonlik, nafas siqishi va yurak urishi tezlashishidan qiynaldim. Yana kimgadir yuqtirib qo‘ymadimmikan deb qo‘rqaman».
Qolgan mehmonlarning bari va mehmonxona personali o‘zlarini izolyasiyaga olishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter