Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada talabalar aynigan meva sababli evakuatsiya qilindi

Avstraliyada talabalar aynigan meva sababli evakuatsiya qilindi

Foto: «Bigmir.net»

Avstraliyaning Melburn universiteti yotoqxonasida yashovchilar shubhali hid sababli binodan evakuatsiya qilindi. Bu haqda «Bigmir.net» xabar qilmoqda.

Viktoriya shtati qutqaruv xizmatiga yotoqxonaning kutubxonasidan kelayotgan shubhali hiddan shikoyat kelib tushgan. Shundan so‘ng gaz yoki boshqa kimyoviy vositalarning ehtimoliy xavfi sababli binodan 500 ga yaqin talaba va o‘qituvchi olib chiqilgan.

Tekshiruv natijasida hid kutubxona shkafida qolib ketgan aynigan durian mevasidan tarqalayotgani aniqlangan. Mevaning hidi havo almashish tizimi orqali tarqalgan.

Durian kuchli hid taratuvchi meva bo‘lib, uni ko‘pchilik mehmonxonalar, samolyot va boshqa jamoat transportlariga olib kirish taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring