Avstraliyada qovundan zaharlangan uch kishi vafot etdi
Avstraliyada qovundan zaharlangan uch kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda «BBC» xabar tarqatdi.
Mamlakatning Yangi Janubiy Uels shtatida ham 15 nafar keksa kishi qovun tufayli listerioz(tayoqsimon bakteriyalardan paydo bo‘luvchi kasallik)ga yo‘liqqan. Ularning hammasi kantalupa navli qovun yeyishgan.
Shtat hukumati 1-martgacha xarid qilingan, shuningdek, tiliklab sotilayotgan qovunlarni tanovul etmaslikni tavsiya qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra listerioz Griffit shahri yaqinidagi fermalarning biridan tarqagan.
Listeriya markaziy nerv tizimini shikastlab, meningit va ensefalitga sabab bo‘lishi mumkin. Simptomlari harorat ko‘tarilishi, qo‘ngil aynishi va diareyada namoyon bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter