Avstraliya parlamenti xakerlar hujumiga uchradi
Avstraliyada xakerlar tomonidan parlament kompyuter tarmog‘iga hujum uyushtirildi. Bu haqda «SBS» telekanali xabar berdi.
Parlament mutasaddilari xabariga ko‘ra, xakerlik xuruji alomatlari aniqlangach, zudlik bilan xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Ayni paytda xakerlar biron-bir axborot yoinki senatorlar va apparat xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan-kiritmagani haqida xabarlar yo‘q.
Xakerlar parlament, siyosiy yoki saylov jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishga uringanmi-yo‘qmi — bu ham noma’lumligicha qolmoqda.
Avstraliya federal politsiyasi va Milliy kiberxavfsizlik agentligi hodisa yuzasidan surishtiruvni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter