Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi. Toshkent-Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.

Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko‘payadi.

Mutasaddilarga «Taxtaqoracha» dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirish topshirildi.

Kelgusi yilda «Taxtaqoracha» dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi. Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» yo‘lining Qashqadaryodan o‘tgan 100 kilometr qismini ta’mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.

Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring