Autsorserni qiynab kelgan qariyb 886 million so‘mlik muammo hal bo‘ldi
Biznes-ombudsmanga «Autsorser-Agro» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari tomonidan Kiziltepa tumanidagi maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlarining harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat yo‘lladi.
Aniqlanishicha, tadbirkor shartnoma asosida 2023 yilning sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar 4 oy davomida autsorsing usulida ovqatlantirish xizmati ko‘rsatib kelgan
Biroq, ko‘rsatilgan xizmat uchun yuzaga kelgan 886.5 million so‘m karzdorlikni to‘lash paysalga solinib, to‘lovni amalga oshirish o‘rniga tadbirkorga nisbatan turli xil tekshiruvlar amalga oshirish holatlari kuzatilgan.
O‘z o‘rnida bu xolat tadbirkorning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazib, maxsulotlar yetishmovchiligi, ish xaqlari, soliq va boshqa bir qancha to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.
Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorning muammosi ijobiy xal qilindi va mavjud qarzdorlik tadbirkorga to‘lab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter