Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atom energiyasidan foydalanishni litsenziyalash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Atom energiyasidan foydalanishni litsenziyalash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan litsenziyalanadi.

Litsenziya faqat yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Litsenziya talabgorlari litsenziya olish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun BHMning 4 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ariza olingandan boshlab 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkillashtirish va o‘tkazish muddatlari bundan mustasno) litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror xavfsizlikni asoslash ekspertizasini yakunlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida qabul qilinadi.

Litsenziya berilgani uchun BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring